Bu yilgi konsert dasturi Nazarbekovning deyarli barcha konsertlaridan yaxshi bo’ldi. Endi-endi Ozodbekka yarashadigan konsert formasi topildi, desak umuman yanglishmagan bo’lamiz. Hazillar, so’zlarning adashmasdan aytilishi, ssenariyning odamlarga xush keladigan tarzda bajarilishi, sahnaning sahnadagilarga mos ravishda qurilishi, monitorlardan oqilona foydalanish, suratga olish ishlari va ularning monitorlar bilan bog’liqligi, qo’shiqlarda yuzaga kelgan o’zgarishlar, Nazarbekovning o’zini erkin tutishi, muxlislarning olqishlari... barcha barchasi ha bu san’atimizning birinchi raqamli xonandasiga xos voqelik deb xulosa chiqarishga yetarli bo’ldi. Ochiq aytish kerak, ilgari yuzaga kelgan kamchiliklar borasida bir necha marotabalab fikrlar bildirilganiga qaramay o’zgarishlar juda kam bo’lardi. Ammo bu gal hammasi boshqacha... Zalga kirishingiz bilan shu ruhiyat seziladi. Keling, cho’zilib o’tirmaymizda, barchasini boshidan boshlaymiz...
Sahna
Belgilangan vaqtda konsert boshlandi. Pardalar ochilishi bilan nigohimiz sahnaning aynan shu konsert uchun mutlaqo o’zgartirilganligiga guvoh bo’ldi. Ya’ni sahna oldi ochilib, pastki tomonlaru, sahna ustigacha barchasi ulkan monitorlardan tashkil etilgan dekoratsiya bilan bezatilganligini ko’rasiz. Albatta, xorijda ham asosan monitorlar orqali konsertlar ko’ngildagidek o’tayotgan bir mahalda bizda ham Nazarbekov konserti tashkilotchilari shu narsani yo’lga qo’yish kerakligini his qilishgani quvonarli. Keyin "ming yillik” "Istiqlol” san’at saroyi sahna tepasiga ramziy ma’noda ulkan "lyustra” o’rnatilganligi ham tahsinga sazovor. Axir bu suratga olish chog’ida, turli effektlar bilan Ozodbekning konsertini juda boy tarzda suratga olinayotganligini bildirib turdi. Liboslar
Xonanda bu gal uch xil libosda namoyon bo’ldi. Birinchisi to’q qizil vilvit matodan tikilgan kostyum va qora shimda, ikkinchisi milliy do’ppi naqshli yopinchiq ichida xuddi shunday rang va naqshli nimcha, uchinchisi qora kostyum shim va yaltiroq nimcha. Ular orasidan ikkinchisi och jigarrang libosning tikilish usuli xonandaga biroz yarashmaganligini aytmasa boshqalariga gap yo’q. Yana bir tomondan Nazarbekov bu liboslarning har biridan oqilona foydalana oldi.
Dastur
Rejissyor Sa’dulla Abdullayevning bu gal haqiqatan katta tayyorgarlik qilgani seziladi. U "Ozod-shou”da qilgan o’zgarishlarini "Istiqlol”da yanada yuqori ko’rsatkichga olib chiqa oldi. Ya’niki, uzilishlar yo’q, boshlovchilar va teatrlashtirilgan sahnalarning ham joy joyida ekanligi va ekranda namoyish etilayotgan har bir tasvirlarning alohida mazmunga ega ekanligi, qumda chizilgan suratlaru, sahnaga olib chiqilgan rekvizitlargacha barchasi tomoshabinning yuragidan joy oldi.
Ayniqsa, Ozodbek Nazarbekovning 2050 yildagi qarilik ko’rinishi, Erkin Komilov, G’iyos Boytoyev, Mirzabek Xolmedovlarning keksayib qolganidagi aksi va Rayhonning 2050 yildagi holati zaldagilarni kulgudan to’xtatib qola olmadi. O’sha yilda go’yo Nazarbekov bir yillab konsert beradigan darajada tasvirlanadi va Rayhon undan bir kungina bo’sh kun qolsa ham o’z konsertlarini berib olishini iltimos qiladi. Yosh iste’dodlar orqali parodiya qilingan san’atkorlarning ovozlari aniq o’xshagan. Harakatlar va ko’rinishlar ham. Ozodbek Nazarbekov
Mutlaqo boshqa xonanda sahnaga chiqib olgan desak ham ishonavering yoki rostmana Ozodbek. Hayotda uni yaqindan bilganlar jiddiyligi va quvnoqligini bir xilda ushlay oladigan inson deya ta’rif berishganidek, sahnada u bu gal xuddi shunday namoyon bo’ldi. Erkin harakatlar, zavqqa to’lib kuylash va so’zlarning muxlislarga yetib boradigan tarzda ifodalash... Demak, ishonish mumkinki, keyingi yillarda yanada boshqacha bo’ladi. Qo’shiqlar dasturi
20dan ortiq turli yo’nalishdagi qo’shiqlar ichidan faqat bitta eski qo’shiq ijro etilib, u ham yangi musiqiy sayqaldaligi bilan tinglovchilarni o’ziga tortdi. Esda qolgan qo’shiqlar sifatida "1,2,3”, "Onamning xotirjamligi”, "Vatanning musaffo osmoni”, "Dadajon” va yana ko’p ijrolarni aytish mumkin. Eng muhimi qo’shiqlarning ko’pi sho’x bo’lib, raqsbopligi bilan zaldagilarni o’ynashga majbur qildi. Kontsert dasturi "Yoronlare” qo’shig’i bilan yakunlanadi.
Dasturda Nazarbekov shogirdi Alisher Fayzdan olgan maslahatini tomoshabinlarga aytib berdi va sababini aytganidan so’ng, barcha raqsga tushib ketdi. Bu esa xonandaning bu yilgi dasturi yil konsertiga da’vo qilishi haqidagi fikrlarni ilgari surib o’tdi. Shunday bo’ladimi, yo’qmi bunisi endi kuzatuvlarimiz hal etadi.
Agarda kimda kinolar ko'rsatmasa! U holda Online kinolarni ko'rishlik uchun Mozilla Firefox va Adobe Flash Playerdan foydalaning va albatta kinolarni muammosiz ko'rish sharafiga ega bo'lasiz!!
Внимание! У кого не загружаются фильмы, скачиваем и устанавливаем браузер Mozilla Firefox и Adobe Flash Playerчерез него все работает!!