Ijodiy gurillagan yillar? - 7 Февраля 2012 - ۩۞۩• Www.UzKinoZal.Com •۩۞۩
Yakshanva, 02.08.2015, 09:14
UzKinoZal ГлавнаяРегистрацияВход
Приветствую Вас MEHMON | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Индийские фильмы / Hindcha
Узбек фильмы / O'zbek Kino
Приключения / Sarguzashli
Документальные / Hujjatli
Мультфильм / Multiklar
Программы / Dasturlar
Исторические / Tarihiy
Концерты / Konsertlar
Фантастика / Mo'jizali
Новости / Yangiliklar
Сериалы / Seriallar
Ужасы / Qo'rqinchli
Приколы / Prikollar
Комедия / Kulgili
Боевик / Jangari
Статья / Maqola
Уроки / Darslar
Разное / Har hil
Ислам / Islomiy
Драма / Drama
Спорт / Sport
Клипы/kliplar
FILM HD 720i
Фильмы на английском / Films in English
Тексты песен / Qo'shiqlar matni
ТВ-передачи/Tv-dastur
Кухня / Oshxona
Футбол / Futbol
Стихи / Sherlar
UFC
Мини-чат
300
Наш опрос
QAYSI BO'LIM MA'QUL SIZGA
Всего ответов: 3784
Статистика

Portalda jami: 6
Mehmonlar: 6
Ro'yhatdan o'tganlar: 0
  
Главная » 2012 » Fevral » 7 » Ijodiy gurillagan yillar?
08:39
Ijodiy gurillagan yillar?

O’tgan yili "Ko’zlaringga qarab”, "Bemor” kabi qo’shiqlar kirib bormagan xonadon qolmadi, desak mubolag’a bo’lmaydi. Aslida bunday ommalashuv shu qo’shiqlar ijrochisining davri kelganini bildiradi. Kuzatgan bo’lsangiz, qaysi xonandaning omadi chopsa, u qaysi qo’shiqni kuylashidan qat’i nazar ko’pchilikka birdek yoqib ketaveradi. Ulug’bekda ham bu holat kuzatilyapti. Misol tariqasida sanaydigan bo’lsak, 2011 yilda u "Ko’rmadim”, "Ko’zlaringga qarab”, "Oh alam”, "Bemor”(o’zbekcha-ruscha), "Xumora”, "Jonim” kabi qo’shiqlari bilan reytingi yuqori san’atkorlar safida ekanligini isbotlab qo’ydi. Ammo negadir taqdimot marosimida u g’olib bo’la olmadi. Demak, suhbatimizni shu joyidan boshlaymiz...  

Ijodiyona

— 2011 yil ko’p qo’shiqlaringiz xitga aylandi. Lekin taqdimot marosimida g’oliblikni qo’lga kirita olmadingiz? Alam qilmadimi?

— Yo’q. Alam qilmadi. Negaki, bunga o’zimni tayyorlab ulgurganman. Ochig’i, bundan uch-to’rt yil oldin shunaqa taqdirlash marosimlarida nomzodim qo’yilib, g’olib bo’la olmagan paytlarim biroz xafa bo’lardim, o’ksinardim. Bugunga kelib shu narsani tushunib yetyapmanki, turli xil taqdirlashlar ko’p inson hayotida u darajada muhim emas ekan. Qolaversa men 2007 yilda "Yilning eng yaxshi erkak xonandasi” hamda "Yilning eng yaxshi klipi” nominatsiyalari g’olibi bo’lganman. Demak, faxrlansam bo’ladi va men bu cho’qqini zabt etdim. Shunday bo’lsa ham bu yilgi nominatsiyalar orasidan qaysidirlariga nomzodim ko’rsatilmaganidan hayratlandimu lekin yana men bu sovrinlarga erishganman degan fikr, bundan ham mustasno tarzda mendan keyin ham yana kimlardir bunga erishishi kerak, degan fikrlarim menga taskin berdi.

Rayhon bilan duet kuyladingiz. Zulxumor Mo’minova, Sardor Rahimxon va Ziyoda bilan duet kuylaganingizni inobatga olib, Ulug’bek faqat reytingi yaxshi xonandalar bilangina duetlar kuylaydi, deya xulosa qilish mumkin...

— Shu o’rinda bir narsani alohida ta’kidlashim keraki, shu paytgacha kuylagan duetlarimdan birortasi ham mening taklifim bilan kuylanmagan. Bular aynan o’sha xonandalar tomonidan tushgan takliflar yoki qaysidir loyiha asosida kuylangan. Endi Rayhon bilan kuylangan duetga keladigan bo’lsak, bu qiziq bo’ldi. Ochig’i, u bilan salom-aligimiz bo’lganu lekin ikkimiz ham bir-birimizni yaqindan bilmasdik. Do’stona munosabatlarimiz ham shakllanmagandi. Kunlardan bir kun Rayhon meni radiodagi "Love story” loyihasiga taklif qildi. Suhbat davomida shunaqa holat yuzaga keldiki, Rayhon meni o’zi uchun, men Rayhonni o’zim uchun kashf etdim. Bu orada esa muxlislarimizning tinimsiz qo’ng’iroqlari asosida shunaqa savol tushib qoldi, nega sizlar duet kuylamagansizlar, degan. Bu savolga Rayhon qiziqib qoldi va shu taklif o’rtaga tashlandi. Shu sabab bo’lib Rayhon tomonidan "Aldandim” nomli duet qo’shiq yozildi va biz shuni kuyladik. O`ylaymanki, yomon chiqmadi.

 

— Bu yil Shahzodaning ham yetti kun konsert berishi haqidagi gap-so’zlar bor. Balki shu xabar Rayhonning konsertlariga ta’sir qilgandir, nima deb o`ylaysiz?

— Men bunday o’ylamayman. Chunki Rayhon hech qachon birovga qarab qolib yoki boshqa san’atkorning kuchidan qo’rqib konsert qiladigan san’atkor emas! U o’z kuchiga va muxlislariga ishonadi. Qolaversa,Rayhon va Shahzoda mutlaqo bir-biriga solishtirib bo’lmaydigan ikkita zo’r xonanda.   

Atroflicha

— Ijodiy gurillagan yillar?

— 2005, 2007, 2009-2011 yillar. Oradagi yillarda yuqorida aytganimdek, kimningdir mendan foydalanishiga yo’l qo’yib berdim va ayrim holatlarda boshimga tushgan bu kunlar uchun xastalanib qoldim. Shukrki, yaqinlar va menga ishonadiganlar orqali oyoqqa turib, mana yana kundan kunga ijodiy muvaffaqiyatlarga ham erishyapman.

  

— "Mashhurlar shousi” orqali yaxshigina shou boshlovchisi ekanligingizni namoyish etdingiz. Lekin teleboshlovchilikka yoki shoular tashkil qilishga qiziqmaysiz?

— Ochig’i, mashhur.uz internet portali tomonidan tashkil qilingan shu shouda tasodifan boshlovchilik qilish nasib etdi. Bu holatning shunchalik shov-shuv bo’lishini sezmagan edim. Bundan juda xursandman. Lekin oldin Tv, radiolardan nimadir loyihalar qilib boshlovchilik qilishimni aytishganda rozi bo’lmagandim. Negaki, ikki quyonning ortidan yugurgan odam hech narsaga erisha olmaydi. Men esa ijoddan chetlanib qolishni xohlamayman. Tvda ko’rsatuvlarga boshlovchilik qilmayotganimning yana bir sababi esa bizning kun tartibimiz o’zimizga bog’liq bo’lmaganligida. Qaysidir xizmatga chaqirib qolishsa, menga ishongan odamlarning yuzini yerga qaratib qo’yishim mumkin. Balki yillar o’tib, o’zimning shoumni tashkil qilarman.

— O’zingiz shaxsan e’lon qilishni xohlagan yangilik?

— Aziz muxlislarim men "Odnoklassniki”da o’z "profilim”ni ochdim. Bunga meni majbur qilgan holat esa aynan mening nomimdan Ulug’bek Rahmatullaev bo’lib olib muxlislarimni aladayotgan va boshqa hamkasblarim ustidan turli xil mag’zavalarni ag’darayotgan nopok kimsalarning borligi bo’ldi. Tasavvur qiling internetda roppa-rosa 45 ta "Ulug’bek”lar o’tirib olishibdi. Shuning uchun men bunga kurashish niyatida o’z profilimni ro’yxatdan o’tkazdim. Eng qizig’i, ro’yxatdan o’z nomim bilan emas ulug`bek original nomi bilan o’tdim. Nega deysizmi? Chunki o’zimning nomim bilan allaqachon ochib bo’lishgan. Fursatdan foydalanib barcha muxlislarimga o’sha saytga kirsangiz faqatgina ulug`bek original nomi bilan bog’lanishingizni va boshqa Ulug’beklarni unutishingizni so’rayman. Qolganlar soxta! Men ochgan profilda yana muxlislarni ishontirishi mumkin bo’lgan jihat unda menga ukam Dilshod Rahmatullaev do’stlashish taklifini jo’natganligi. Iltimos, boshqa aldanib yurmang!

      Omon bo’ling. Suhbat uchun muxlislar nomidan sizga tashakkur. Siz ham aldanmang!


 

Uning 12 tanlovi

San’at va shou-biznes

1. Ozodbek Nazarbekov, Jahongir Otajonov, Otabek Muhammadzohid?

— Mendan hamisha maslahatlarini ayamaydigan inson bu Ozodbek Nazarbekov.

2. "Bolalar”, "Shahzod”, "Xo’ja”?

— "Bolalar” guruhi.

3. Shahzoda, Rayhon, Lola?

— Rayhon.

4. Ruxshona, Dilso’z, Shirina?

— Ruxshona.

5. "Davr”, "Ummon”, "Benom”?

— "Davr” ko’proq yoqadi.

6. "Surxon”, "Sato”, "Sarbon”?

— So’nggi paytlarda "Sato” ancha ko’zga tashlanyapti.

7. Sevinch Mo’minova, Nilufar Usmonova, Ziyoda?

— Nilufar Usmonova.

8. Alisher Uzoqov, Adiz Rajabov, Aziz Rametov?

— Alisher Uzoqov.

9. Dilnoza Kubayeva, Jamila G’ofurova, Shahzoda Matchonova?

— Dilnoza Kubayeva.

10. "Zakovat”, "Qopqon”, "Breng ring”?

— "Qopqon” o’yini qiziqarliroq.

11. Lola Zunnunova, Roksana, Sevdo Niyozova?

— Sevdo Niyozova va "Toshkent oqshomlari” ko’rsatuvi.

12. "Mirza” teatri, "Handalak”, "Qah-qaha”?

— "Mirza” teatri.

Baxtiyor RASULOV

Suhbatdan foydalanish ta`qiqlanadi. Suhbatning davomini yaqin kunlarda o`qiysiz...

Категория: Статья / Maqola | Просмотров: 873 | Добавил: DIYOR | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Вход на сайт
Поиск
Календарь
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • Инструкции для uCoz
  • Copyright MyCorp © 2015