Payshanba, 19.10.2017, 21:03
UzKinoZal ГлавнаяРегистрацияВход
Приветствую Вас MEHMON | RSS
[ Новые сообщения · Участники · Правила форума · Поиск · RSS ]
Страница 1 из 11
Bosh Forum » Islomiy Bo'lim » Islom Dini - Umumiy » Hayit tarihi (Hayit tarihini bilarmidingiz?)
Hayit tarihi
UzKinoДата: Chorshanba, 01.12.2010, 13:19 | Сообщение # 1
Генералиссимус
Gruhi: Moderator
Hatlar soni: 1969
Награды: 7
Hulqi: 26
Hozir: Saytda emas

Hayit bayramlari ikkitadir. Xalqimiz bu bayramlarni azaldan nishonlab keladi. Bularning birinchisi Qurbon hayiti, ya'ni "Iyd al-adha" deb ataladi. Uning oldidan ikki kun qolganda arafa kunlari nishonlanadi. Yolg'on arafa va bir kun qolganda chin arafa kunlari xonadonlarda chalpak, bo'g'irsoq, talqon va palov qilinadi. Qo'ni-qoshnilar bir-birlarini hayit bilan muborakbod etib, qo'shni xonadonlarga pishiriqlar chiqaradilar.

Qurbon hayiti Zulhijja oyining 10-13- kunlari nishonlanadi. Ba'zi mamlakatlarida esa shu oyning 7 kunidan-haj boshlangan kundan e'tiborga olinadi. Bu kunda qurbonlik qilinadi. Qurbonlik bu Allohga yaqinlik hosil qilish uchun belgilangan 3 kun ichida qo'y, tuya yoki sigirdan birini so'yishdir. Qur'oni Karimda ham qurbonlik qilish haqida oyat nozil qilingan. Shu boisdan hajga brogan va moli nisobga yetgan musulmon Qurbon hayitida jonliq so'yib qurbonlik qilishi kerak.

"Iyd al-adha" hayit bayramini nishonlash butun islom dunyosida bir vaqtdaboshlanadi. Yurtimizda ham bu bayram o'zgacha shukur bilan o'tkaziladi. Hayit kuni tong saharda katta-yu jome' masjidiga borib, hayit namozini o'qiydilar. Beva-bechoralarga sadaqa ulashadilar. Keying esa mozorlarga borilib, jamiki o'tganlarning ruhi-poklariga duoi fotiha qilinadi. Shuningdek, bu kunda mahallalarda, qishloqlarda yangi tushgan kelinchaklar borib ko'riladi, ya'ni "kelin ko'rdi" udumlari bo'lib o'tadi.

Umuman olganda, hayit insonlar o'rtasidagi mehr-oqibatni mustahkamlab, keksalar , bemorlarni borib ko'rish , marhumlar haqiga qur'on tilovat qilib, ularni yod etishning amaliy ibrat namunasi bo'lib kelmoqda.




Сообщение отредактировал UzKino - Chorshanba, 01.12.2010, 13:20
 
GKДата: Juma, 06.05.2011, 23:54 | Сообщение # 2
Генерал-майор
Gruhi: Moderator
Hatlar soni: 260
Награды: 6
Hulqi: 50
Hozir: Saytda emas
ALLOH ROZI BO'LSIN RAXMAT KATTAKON

 
Bosh Forum » Islomiy Bo'lim » Islom Dini - Umumiy » Hayit tarihi (Hayit tarihini bilarmidingiz?)
Страница 1 из 11
Поиск:

Copyright MyCorp © 2017