Seshanba, 17.10.2017, 01:16
UzKinoZal ГлавнаяРегистрацияВход
Приветствую Вас MEHMON | RSS
[ Новые сообщения · Участники · Правила форума · Поиск · RSS ]
Страница 1 из 11
Bosh Forum » Islomiy Bo'lim » Islom Dini - Umumiy » TAHORAT
TAHORAT
IDEALДата: Shanba, 13.11.2010, 22:37 | Сообщение # 1
Генерал-майор
Gruhi: ADMIN
Hatlar soni: 308
Награды: 7
Hulqi: 103
Hozir: Saytda emas
TAHORAT

Islom dini ham vujud, ham qalb tozaligiga katta ahamiyat bergan bir dindir. Sevikli payg‘ambarimiz bizga shunday nasihat qiladilar: «Kuchingiz yetguncha tozalikka rioya etingiz, chunki Alloh taolo Islom dinini tozalik ustiga bino qildi. Jannatga ham faqat toza bo‘lganlar kiradi» («Jomius-sag‘ir», 1-jild, 133-bet).
Alloh taolo Qur’oni karimning Moida surasi 6-oyatida shunday marhamat qiladi (mazmuni): «Ey imon keltirganlar! Namoz (o‘qish) ga turar ekansiz, albatta, yuzlaringizni, qo‘llaringizni tirsaklarigacha yuvingizlar, boshlaringizga mash tortingizlar va oyoqlaringizni (yuvingizlar)!».
Binobarin, dinimizning ustuni hisoblangan namozni ado etmoq uchun albatta tahoratli bo‘lish shartdir.

TAHORAT OLISH TARTIBI

1. Avvalo, tahorat olishga niyat qilinib, «Auzu billahi minash-shaytonir rojiym. Bismillahir rohmanir rohiym», deyiladi.

2. Qo'llar bandigacha uch marta yuviladi. Barmoqda uzuk bo'lsa, qimirlatib, ostiga suv yugurtiriladi.

3. O'ng qo'lda suv olinib, og'iz uch marta g'arg'ara qilib chayiladi va misvok qilinadi.

4. Burunga o'ng qo'l bilan uch marta suv tortilib, chap qo'l bilan qoqib tozalanadi.

5. Yuz uch marta yuviladi.

6. Avval o'ng qo'l tirsaklar bilan qo'shib ishqalab yuviladi.

7. So'ngra chap qo'l tirsaklar bilan qo'shib ishqalab yuviladi.

8. Hovuchga suv olib, to'kib tashlab, ho'li bilan boshning hamma qismiga masx tortiladi.

9. Ko'rsatkich barmoq bilan quloqlarning ichi, bosh barmoqlar bilan esa quloq orqasi masx qilinadi.

10. Ikkala kaftning orqasi bilan bo'yin masx qilinadi.

11. Chap qo'l bilan o'ng oyoqni oshiq (to'piq) bilan qo'shib va barmoqlar orasini (ishqalab) uch marta yuviladi.


12. Chap oyoq ham shu tarzda uch marta yuviladi.

Tirnoqlarga surilgan lak, teridagi har xil bo'yoqlar ketkazilmasdan olingan tahorat sahih (haqiqiy) hisoblanmaydi.
Tahorat olayotganda gapirmaslik, ehtiyojdan ortiq suv ishlatmaslik, ust-boshga suv sachratmaslik kerak.

TAHORATNI BUZADIGAN HOLLAR

1. Badanning biror joyidan qon yoxud yiring chiqib oqishi.
2. Og‘iz to‘lib qusish.
3. Kichik yo katta hojat.
4. Yel chiqishi.
5. Milk qonab, tupurganda tupuk rangining qizil bo‘lishi;
6. Hushdan ketish;
7. Namoz o‘qiyotib, yonidagi odam eshitadigan darajada kulish.

 
TilliДата: Dushanba, 31.01.2011, 08:33 | Сообщение # 2
Подполковник
Gruhi: Moderator
Hatlar soni: 148
Награды: 8
Hulqi: 4
Hozir: Saytda emas
Tahorat Duolari :

Tahorat boshlanib ikki qo'l yuvilyotganda ushbu duo o'qiladi :
«Alhamdu lillahillazi ja’alal maa tahuran val islama nuran».
Ma’nosi: «Suvni ham, Islom dinini ham poklik manbai qilib yaratgan Allohga hamd bo’lsin».

Og’iz chayilayotganda ushbu duo o’qiladi:
«Allohumma tahhir nakhati va asqini min havzi nabiyika».
Ma’nosi: «Ilohim, og’zimni pok qil, Payg’ambar ichgan «Havzi kavsar» suvidan ichishni nasib et».

Burunga suv tortilayotganda ushbu duo o’qiladi:
«Allohumma arihni roihatal jannati va la turihni roihatan-nari».
Ma’nosi: «Ilohim, jannat hididan bahramand et, do’zax isidan nari tut».

Yuz yuvilayotganda ushbu duo o’qiladi:
«Allohumma bayyiz vajhi bi nurika yavma tabyazzu vujuhu ulaika va la tusavvid vajhi yavma tasvaddu vujuhu a’doik».
Ma’nosi: «Ilohim, sevimli bandalaring yuzlari pok holatda turuvchi kuni mening yuzimni ham yorug’ qil. Gunohkorlar yuzi qora bo’lguvchi kundan asragil”.

O’ng qo’l yuvilayotganda ushbu duo o’qiladi:
«Allohumma a’tini kitabi biyamini va hosibni hisaban yasiron».
Ma’nosi: «Ilohim, qiyomat kuni amallarim yozilgan daftarni o’ng tarafimdan berib, hisobimni yengillatgin».

Chap qo’l yuvilayotganda ushbu duo o’qiladi:
«Allohumma la tu’tini kitabi bishimali va la min varoi zohri va la tuhosibni hisaban shadidan».
Ma’nosi: «Ilohim, amallar yozilgan daftarni chapimdan ham, ortimdan ham bermagil, qattiq hisob-kitob qilmagil».

Boshga mash tortilayotganda ushbu duo o’qiladi:
«Allohumma g’ashshini birohmatika va anzil ‘alayya min barokatika”.
Ma’nosi: «Ilohim, O’z rahmating bilan boshimni silagin, ustimga barakotlaringni yog’dirgin».

Quloqqa mash tortilayotganda ushbu duo o’qiladi:
«Allohumma ij’alni minallazina yastami’unal qovla fayattabi’una ahsanahu».
Ma’nosi: «Ilohim, meni yaxshi so’zlarga tobe’ qilgil va ergashtirgil».

Bo’yinga mash tortilganda ushbu duo o’qiladi:
«Allohumma a’tiq raqobati minannari vahfazni minassalosili val ag’lali».
Ma’nosi: «Ilohim, meni do’zax azobidan asragil va zanjirlarda sudramagil».

O’ng oyoq yuvilayotganda ushbu duo o’qiladi:
«Allohumma sabbit qodamayya ‘alas siroti yavma tazillu fihil aqdamu».
Ma’nosi: «Ilohim, qiyomatda – oyoqlar toyguvchi kunda oyoqlarimni toydirmagil».

Chap oyoq yuvilayotganda ushbu duo o’qiladi:
«Allohumma ij’al sa’yi mashkuron va zanbi mag’furon».
Ma’nosi: «Ilohim, qilgan ishlarimni savob yo’liga burgil va gunohlarimni avf etgil».

Tahorat yakunida ushbu duo o’qiladi:
«Allohumma ij’alni minat-tavvobinal mutatohhirina vaj’alni min ‘ibodikas-solihinallazina la xovfun alayhim va la hum yaxzanun».
Ma’nosi: «Ilohim, meni O’z tarafingga yuzlanuvchi pokiza insonlar safiga sol, qiyomat kuni yaxshi bandalaring qatorida qo’llagil, azoblardan asragil».

 
GKДата: Juma, 06.05.2011, 20:52 | Сообщение # 3
Генерал-майор
Gruhi: Moderator
Hatlar soni: 260
Награды: 6
Hulqi: 50
Hozir: Saytda emas
Tahoratga Qur'ondan dalil: Alloh taolo aytadi:

6. Ey, imon keltirganlar! Namoz (o'qish)ga turar ekansiz, albatta, yuzlaringizni, qo'llaringizni tirsaklarigacha yuvingizlar, boshlaringizga mash tortingizlar va oyoqlaringizni to'piqlarigacha (yuvingizlar)! (Moida surasi,5:6)

Musulmon birodarim, shuni bilingki tahoraning sharlari, farzlari hamda sunnatlari mavjuddir.

Tahorat to'g'ri bo'lishi uchun uning shartlari hamda farzlari bajarilishi shart(agar inson qodir bo'lsa)
Tahoratning sunnatlari esa tahoratni yanada mukammal qiluvchi va qo’shimcha savob beruvchi amallardir. Tahoratning sunnatlarini qoldirish tahoratning to'g'ri bo'lishiga ta'sir qilmaydi

Tahorat shartlari

Tahorat shartlari bular: Islom, aql, mustaqil, aniq hukm qila olish yoshida bo’lishlik va niyat. Demak, kofir, jinni(aqlsiz), aniq hukm qila olmaydigan yosh bola hamda tahorat qilishga niyat qilmagan kishining tahorati to'g'ri emas va qabul bo'lmaydi.

Bundan tashqari tahorat shartlariga suvning toza bo'lishligi ham kiradi. Agar tahorat qilinayotgan suv toza bo'lmasa u holda tahorat qabul bo'lmaydi. Agar suv harom yo'llar bilan olingan suv bo'lsa undan qilingan tahorat qabul bo'lmaydi.
Tahoratning shartlariga yana o'zining shaxsiy organlarini suv yoki tosh(kesak) bilan tozalashlik ham kiradi.Badan tanasiga suvni tegishiga tos'qinlik qiluvchi narsalardan tozalashlik ham tahorat shartlaridan hisoblanadi.

Tahorat farzlari bu agar badan qismlarini nazarga olsak, 6tadir:

1. Yuzni yuvish; bunga og'iz va burun ham kiradi.Agar kishi yuzini yuvsayu og'iz va burunni tozalamasa u holda uning tahorati to'g'ri emas chunki burun va og'iz yuzning qismlaridandir.

va Alloh taolo aytadiki,

....yuzlaringizni.. yuvingizlar(Moida surasi 5:6)

demak shu oyatda Alloh yuzni yuvishlikka buyurdir, shu sabab ham agar burun yoki og'iz qoldirilsa u holda Allohga osiy qilgan bo'ladi

2. Ikki qo'lni tirsaklari bilan yuvishlik
bunga dalil Alloh taolo xuddi shu oyatda aytadiki
....qo'llaringizni tirsaklarigacha yuvingizlar..(Moida surasi, 5:6)
Ya'ni tirsakni ham qo'shib yuvingizlar.
Muhammad sallallahu alayhi va sallam tahorat qilganlarida tirsaklarini ham qo’shib yuvar edilar.
3. Boshga mash tortishlik. Bunga quloq ham kiradi chunki quloq boshning bir qismidir.
Alloh taolo shu oyatda aytadiki:
"....boshlaringizga mash tortingizlar.."(Moida surasi, 5:6)
4. 2 oyoqni to'piqlarigacha(to'piqni) qoshib yuvishlik
Alloh taolo aytadiki:
"...oyoqlaringizni to'piqlarigacha (yuvingizlar)!"(Moida surasi, 5:6)
Muhammad sallallahu alayhi va sallam tahorat qilganlarida to'piqlarini ham qoshib tahorat qilar edilar.

5. Tahoratni Moida surasi, 6-oyatda ko'rsatilgan tartibda qilishlik, ya'ni birinchi yuz, keyin 2 qo'l, keyin boshni mash qilishlik, keyin esa oyoqni yuvishlik
Alloh taolo aytadiki:
Ey, imon keltirganlar! Namoz (o'qish)ga turar ekansiz, albatta, yuzlaringizni, qo'llari ngizni tirsaklarigacha yuvingizlar, boshlaringizga mash tortingizlar va oyoqlaringizni to'piqlarigacha (yuvingizlar)! (Moida surasi, 5:6)
Muhammad sallallahu alayhi va sallam tahoratni mana shu tartibda qilar edilar va Alloh mana shunday tahoratni qabul qiladi degan ma'noda aytganlar.

6. Al-Muwaalaat ya'ni tahoratni shu tartibda qilishda bir badan qismidan boshqasiga o'tishda bo'sh vaqt qoldirmaslik. Demak masalan yuzni yuvgandan keyin bir soatdan keyin qolni yuvsa bu tahorat to'g'ri emas. Yuzni yuvgandan keyin darrov qo'lni yuvishga o'tishi lozim.
Mana shu tahoratning 6ta farzi. Ulamolar tahoratni boshlashdan oldin Bismillahni aytishni farz yoki sunnat ekanligi haqida farq qilishadi, ammo barchasi Bismillahni aytishlik shariatdan ekanligini aytishgan, shu sabab uni tashlamaslik ma'qul.
Mana shu 6 farzga qo’shimcha bo'lgan tahorat amallari tahoratning sunnatlari yoki mustahablaridir.

Tahorat sunnatlari

1. Misvok ishlatish. Tahoratni boshida yoki og'izni yuvganda misvok ishlatish sunnatdir
2. Yuzni yuvishdan oldin kaftlarni 3 marta yuvishlik
3. Yuzni o'zini yuvishdan oldin og'izni va burunni yuvishlik.
4. Soqol orasidan suv ot'kazishlik va qo'l hamda oyoq barmoqlari orasini ham yuvishlik
5. Avval o'ng qo'lni keyin esa chap qo'lni yuvishlik
6. Yuzni, qolni va oyoqni yuvganda 3 marta yuvishlik
Mana shular tahoratning sunnatlari
Ba'zilar tahoratda bo'yinlarini ham mash qilishadi bu narsa bid'atdir va bo'yinni mash qilish buyurilmagan va Muhammad sallallahu alayhi va sallam hamda uning sahobalari(Alloh ulardan rozi bo’lsin) qilishmagan


 
Bosh Forum » Islomiy Bo'lim » Islom Dini - Umumiy » TAHORAT
Страница 1 из 11
Поиск:

Copyright MyCorp © 2017