Payshanba, 19.10.2017, 01:03
UzKinoZal ГлавнаяРегистрацияВход
Приветствую Вас MEHMON | RSS
[ Новые сообщения · Участники · Правила форума · Поиск · RSS ]
Страница 2 из 2«12
Bosh Forum » Islomiy Bo'lim » Islom Dini - Umumiy » Savol-Javob
Savol-Javob
IDEALДата: Seshanba, 19.04.2011, 21:09 | Сообщение # 16
Генерал-майор
Gruhi: ADMIN
Hatlar soni: 308
Награды: 7
Hulqi: 103
Hozir: Saytda emas
Faqih Abu Lays aytdilar: Uzuk taqish o'ng qo'lga ham, chap qo'lga ham joiz va mubohdir, ikkala holat haqida ham habarlar kelgan, ammo erkak kishi oltin uzuk taqishi joiz emas. Ba'zi odamlar temirdan yasalgan uzuk taqishni makruh sanashgan, ba'zilar esa, ruhsat berishgan.

No'mon ibn Bashir rivoyat qiladilar: "Oltindan uzuk taqib, Nabiy sallallahu alayhi wasallam oldilariga kirdim. Rasululloh sallallahu alayhi wasallam: "Senga nima bo'ldi do'zah ahlining taqinchog'ini taqibsan", dedilar. Uni yechib, misdan yasalganini taqdim va oldilariga kirdim. Rasululloh sallallahu alayhi wasallam: "Nima bo'ldi, senda but-sanamning hidini sezyapman", dedilar. Shunda men: "Ey Rasululloh, nima qilay?" dedim. "Uzukni kumushdan qilib ol, lekin uni bir misqoldan oshirma va uni o'ng qo'lingga taq"' dedilar".

Jobir ibn Abdulloh rivoyat qiladilar: "Nabiy sallallahu alayhi wasallam uzukni avval o'ng, so'ng chap qo'llariga taqardilar, yechishdan oldin chap, so'ng o'ng qollaridagisini yechardilar".

Muhammad ibn Siyrin aytadilar: "Nabiy sallallahu alayhi wasallam, Abu Bakr, Umar, Usmon, Ali rodiallohu anhum chap qo'llariga uzuk taqardilar".

Amr ibn Shurayb rivoyat qiladilar: "Nabiy sallallahu alayhi wasallam bir kishining qo'lida oltin uzuk ko'rdilar va unga uni yechib tashlashni buyurdilar. so'ng u kishi uni otib yubordi va qo'liga temir halqani oldi. Nabiy sallallahu alayhi wasallam: "Uni otib yubor, bu oldingisidan ham yomon, bu do'zah ahlining taqinchog'i", dedilar. Bas uni ham otib yubordi va kumush uzukni taqib oldi, shunda Rasululloh bundan qaytarmadilar".
Avf ibn Abu Juhayfa otasidan rivoyat qiladi: "Umar rodiallohu anhu bir kishida temir uzukni ko'rdilar va uni yechib tashlab yubordilar, so'ng: "Sen kumush uzuk taq", dedilar.

A'mash rivoyat qiladilar: "Men Ibrohim Naha'iyning qo'lida temir uzuk ko'rdim va u: "Bir kishi menga ibn Mas'ud temir uzuktaqib yurganini ko'rganini aytdi", dedi".

Faqih aytadilar: Ba'zi odamlar uzuk taqishni yomon ko'rishdi. Ilm ahlining ommasi bunga ruhsat bergan. Buni makruh sanaganlar esa, ba'zi habarlarda Nabiy sallallahu alayhi wasallam sultonlardan boshqalarni uzuk taqishdan qaytarganlarini hujjat qilishadilar. Ba'zi tobeinlar: "Uzukni faqat uch toifa - amir yoki kotib yoki ahmoq taqadi", deyishgan. ba'zi habarda rivoyat qilinadiki, Rasululloh sallallahu alayhi wasallamning uzuklarini u zotdan keyin Abu Bakr rodiallohu anhu so'ng Umar rodiallohu anhu so'ng Usmon rodiallohu anhu taqqanlar. Uzuk butun halifalik davrida u kishining qo'llarida edi, so'ngra bu muborak uzuk Aris qudug'iga tushib ketdi. Harchand qidirtirmasinlar, topilmadi.

Uzuk taqish sultonlarga ham, boshqalarga ham mumkin deganlarga kelsak, ular Nabiy sallallahu alayhi wasallamning sahobalari va ulardan keyingilar (tobeinlar) hokim bo'lmasalar ham, uzuk taqqanlari haqidagi rivoyatlarni hujjat qilishadi. Ja'far ibn Muhammad otasidan rivoyat qiladi: "Hasan Husan rodialllohu anhuma chap qo'llariga uzuk taqishar va ularning uzuklardia Alloh taoloning ismi bor edi".

Ya'lo ibn Ubayd ibn Siyrindan, u kishi Rashid ibn Quraybdan rivoyat qiladi: "Men Muhammad ibn Hanifaning chap qo'lida uzuk taqqanlarini ko'rdim". Yunus ibn Ishoq: "Men Qays ibn Abu Hozim, Abdurahmon ibn Asvad, Sha'biy va boshqalarning chap qo'llarida uzuk taqqanlarini ko'rdim"' deydi. Ular sulton ham, hokim ham emas edilar, chunki sulton ziynat va uzukka muhtojligi uchun taqadi. Sultondan boshqa ziynat va uzukka muhtoj kishilar hukmda barobardirlar. Sultonga mumkin bo'lgan narsa boshqalarga ham mumkin. Biz shu gapni olamiz.

"Bo'stonul Orifiyn" Al-Faqih Abu Lays Samarqandiy

 
IDEALДата: Seshanba, 19.04.2011, 23:37 | Сообщение # 17
Генерал-майор
Gruhi: ADMIN
Hatlar soni: 308
Награды: 7
Hulqi: 103
Hozir: Saytda emas
Kino ko'rish va qo'shiq eshitish mumkin lekin shariatdan chiqmagan holda. Noshariy kino va ashula esitish mutlaqo notug'ri.
Eng yahshisi vaqtingizni behuda ketkazmay, bekor vaqtingizda Quron uqisangiz yahshiroq.
 
GKДата: Chorshanba, 04.05.2011, 14:40 | Сообщение # 18
Генерал-майор
Gruhi: Moderator
Hatlar soni: 260
Награды: 6
Hulqi: 50
Hozir: Saytda emas
Mani savolimni bilasiz shundaymi TILLI cry cry cry cry sad

 
Bosh Forum » Islomiy Bo'lim » Islom Dini - Umumiy » Savol-Javob
Страница 2 из 2«12
Поиск:

Copyright MyCorp © 2017