Payshanba, 19.10.2017, 21:06
UzKinoZal ГлавнаяРегистрацияВход
Приветствую Вас MEHMON | RSS
[ Новые сообщения · Участники · Правила форума · Поиск · RSS ]
Страница 1 из 11
Bosh Forum » Umumiy Bo'limlar » Qizlar davrasida » Cosmopolitan maslaxat qiladi (83 maslaxat)
Cosmopolitan maslaxat qiladi
UzKinoДата: Juma, 03.08.2012, 14:53 | Сообщение # 1
Генералиссимус
Gruhi: Moderator
Hatlar soni: 1969
Награды: 7
Hulqi: 26
Hozir: Saytda emas


Cosmopolitanda bir maqola o`qib qoldim. O`ylaymanki, sizlarga xam bu qiziq va foydali bo`ladi.
1.Agarda buyimlarga yopishtirilgan narx etiketkasi xecham yechilgisi kelmasa fen yordamida yechib olsa bo`ladi. Shunchaki etiketkani fenga isiq xavoga tutsangiz, etiketka yechiladi qo`yadi. Va yana fendan uy tozalaganda qo`liz yetmas joylardan chang puflashingiz mumkin.
2.Ishlatilgan choy paketi yana bir damlashga arzimedi. Lekin agarda choy paketini qurutsangiz, muzlatkich, mikrovolnovka yoki biron bir oziq-ovqat saqlanadigan joylardagi xar-xil islarni tortib oluvchi vosita sifatida xizmat qilishi mumkin.
3.Etingizga sanchilib qolgan zirapchani tortib olish judayam qiyin va og`riqli ish. Lekin u yerga bir parcha plastir yopishtirsangiz, zirapcha onsongina tortib olinadi.
4.Agarda qo`lga tushmas chivinlar orqasidan quvlab zerikgan bo`lsangiz, unga sochlaar lakidan sepsangiz, chivin yerga qulaydi.]
5.Pashshalarni esa yalpiz, citrus mevalar yoki moychechaklar xidi bilan qo`rqitsa bo`ladi. Yoki siz biron martda apelsinda o`tirgan pashshani ko`rganmidiz?
6.To`g`ri kelmaydigan vaziyatlarda kulgudan yengilgina og`riq yordamida qutilishingiz mumkin: qo`lingizni chimchilang yoki labingizdan tishlang. Faqat oshirib yubormang)))
7.Aksirishdan o`zingizni to`xtatish uchun esa ko`zlaringiz o`rtasini ozro qashlab oling.
8.Hiqichoqdan esa bir qoshiq shakar/shakar kukunini yeb qutilish mumkin.
9.Apelsin yoki limondan barcha foydali sharbatni siqib olish uchun esa, oldin mevani mikrovolnovkaga eng issiq xaroratga 30 soniyaga soling, keyin esa stolda dumalating.
10.Endi tug`ilgan chaqaloqni esa oqib turgan suv ovozi bilan tinchlantirsa bo`ladi: shunchaki vannada suvni ochib qo`ying. Shuningdek ishlab turgan kiryuvar moshinaning ovozi xam chaqaloqni tinchlantira oladi. Aytishlaricha, chaqaloq o`xshash ovozlarni ona qornida eshtgan.
11.Agar nonushta yoki obeddan qolib, qorningiz judayam ochgan bo`lsa, lekin ko`p yeyishni xoxlamasangiz, ovqatdan oldin shokolad bo`lagi yoki bir qoshiq asal yeb oling.
12.Eng ishtaxa buzar rang esa – ko`k rang: oshxonadagi ko`k rangli servis yoki mebel sizga ko`p ovqat yemaslikga yordam beradi.
13.Shuningdek ko`k rang avto egalariga xam foydali… aniqog`I ularning sevimli moshinalari uchun. Ko`k, yaxshil va oq rangli avtolar kamdan-kam avtoxalokatga uchraydi va DAN xodimlarini e`tiborini kamroq jalb qiladi deb xisoblanaadi.
14.Vanil xidi esa shirinlikni ko`p yemaslikdan saqlaydi. Muxumi vanil isi bulochkadan kemasa bo`ldi)))
15.Chanqoqni qondirish uchun, agarda ayrim bir sabablarga ko`ra ko`p suv ichish mumkin emas bo`lsa, limon sharbatli suvdan 1-2 xo`plang. 1-2 xo`plam 1 stakan suvga teng bo`lib ko`rinadi.
16.Qalampir yoki biron o`tkir va achchiq taomlardan suvdan ko`ra sut va sut maxsulotlari yaxshiro yordam beradi.
17.Spirtli ichimliklarga zakuska sifatida shokolad yoki pishloqni tanlab yurmang. Bu maxsulotlar alkogolga qo`shib iste`mol qilinganda bosh og`rig`iga keltirishi mumkin.
18.Kokteyl`larga to`la kechki bazmdan keyin 2 stakan suv ichib yoting. Ertalab o`zingizni yaxshiro xis qilishingizga yordam beradi.
19.Yoqtirgan yigitingizga qanday qilib birinchi bo`lib yozishga o`ylanyapsizmi? Unda unga dugonangizga atalgan SMSni jo`nating (faqat “Anavi axmoq xaliyam jim” degan SMSni also jo`nata ko`rmang). Keyin esa ikkinchi SMS – kechirim so`zlari bilan, xuddi siz adashib dugonangizga emas, unga jo`natdiz. Agar siz yigitni qiziqtirsangiz, u albatta siz bilan suxbat quradi. Umuman olganda, qiz bola birinchi bo`lib qo`ng`iroq qilmaydi, lekin SMS yozishi mumkin.
20.Uyqusizlikdan qutilishni eng onson va yoqimli yo`li – atlas, ipak (shyolk)dan tikilgan pajama sotib oling.
21.Tezda uxlab qolish uchun esa asal qo`shilgan qaynoq sut iching. Ertalab uyg`onishga esa qaynoqgina kakao yordam beradi.
22.Magazinda asta o`ynab turgan muzika uzoq va ko`p xarid qilishga undaydi. Agarda faqatgina non va sut uchun kirgan bo`lsangiz quloqlaringizga naushnik taqib, bironta sho`xroq va tez o`ynaydigan muzikani qo`yib oling.
23.Choynak ichini tozalash uchun esa, maxsus vosita tugab qolgan bo`lsa, limon kislotasini choynakda qaynatib yuboring.
24.Sababsiz to`kilgan ayol ko`z yoshlari erkak kishini xijolatga soladi, u o`zini yoqo`tib qo`yishi xam mumkin. Shuning uchun bu foydasi yo`q qurolni bexuda ishlatavermang.
25.Tirnoqlaringizni bo`yaganingizdan so`ng, lak tezro qurushi uchun barmoqlaringizni biroz sovuq suvda ushlab turing.
26.Suxbatdoshingizni e`tiborini qozonish uchun, u aytib o`tgan gapning oxirgi qismini qaytarib o`ting. Masalan, “- Bugun xavo judayam yaxshi”. “- Xa, judayam yaxshi”.
“- Bu film menga judayam yoqadi”. “- Mengayam yoqadi”.

27.Agarda suxbat judayam jo`zilib ketgan bo`lsa, qolaversa zerikarli va monologga aylangan bo`lsa, suxbatdan qochishga suxbat mavzusiga tegishli bo`lmagan gap yordam berishi mumkin. “Qushlar qishda uchub ketishadi, to`g`rimi? Ertalab gazni o`chirib chiqganmidim?”
28.Umuman yordam bermayaptimi? Unda bu sexirli so`zlarni sinab ko`ring: “Jon deb gaplashgan bo`lardim-u, lekin sizni ishdan qoldirishni xoxlamagan bo`lardim. Judayam xijolatman oldizda. Yanagi safar dam olgan kunlariz bemalol o`tirib gaplashib olamiz”.
29.Muxum uchrashuvdan oldin tayorlagan gapingizni kameraga yozib oling yoki oyna oldida mashq qiling. Ko`ylak yoqasini yoki sochingizni tez-tez to`g`irlab qo`yish yaxshi emasligini uchrashuvdan oldinro tushinganiz yaxshi.
30.Uchrashuv vaqtida esa (agar odam ko`p bo`lsa) sizga nisbatan do`stlik ko`zlari bilan qaragan odamni tanlangda, va unga murojaat qilgandek tayorlagan gapingizni ayting.
31.Tatildan qaytish kunini chorshanba-payshanba kunlarga rejalashtirishga xarakat qiling: xafta tez kunda tugashi xayolizda bo`ladi va tatildan qolgan kayfiyatingiz buzilsa, ofis mebeli yoki boshlig`ingizni yoqib yubormaslikga yordam beradi.
32.Supermarketga esa och qorin bilan kirmang: 15 daqiqa oldin banan yoki yogurt yeb oling. Bu sizni aravacha keraksiz narsalar bilan to`lishidan va xamyoningiz ozishidan saqlaydi.
33.Tropic mevalarini tanlash judayam onson: yaxshi ananas xushbo`y bo`lishi kerak, mango – yumshoq, kokos esa – qattiq va siltiganda billiqlashi kerak.
34.Kurtka zamogi yaxshi tortilmayaptimi? Sham surtib chiqing.
35.Poyavzal tanlagani kechki payt chiqing. Kechki payt oyoqlaringiz salgina shishkan bo`ladi, shunda tanlangan poyavzal boshqa payt xam to`g`ri keladi.
36.Agar uyda issiq/sovuq suv o`chib qolgan bo`lsa, idishyuvar moshina esa buzilgan, bu xolda issiq qo`lqop kiyib, ustidan rezina qo`lqop kiyib idish yuving. Qo`llaringizga judayam shinam bo`ladi.
37.Oq shakarda qancha kaloriy bo`lsa, jigarrang shakarda xam shuncha. Shuning uchun dieta uchun bu shaker to`g`ri kelmaydi.
38.Sezonli narsalarga kafolat sezon boshlanishidan xisoblanadi. Agar yanvarda sotib olingan yozgi poyavzal iyun boshlanishidan yirtilgan bol`sa, yangi poy talab qilishga xaqqingiz bor.
39.Ozg`inro ko`rinishga kiyimdagi vertical chiziqlar yordam beradi: qator tikilgan tugmalar, zamok, sharf. Lekin bularni xammasi birgalikda emas.
40.Parchalangan shishadan qolgan mayda bo`lakchalarini skotch yoki plastelin yordamida onsongina terib olish mumkin.
41.Qimmat baxo qog`ozlar, passport, diplom, prava va shunga o`xshash muxum xujjatlar nusxasini kompyuterda yoki fleshkada (MemoryCard, Chip) saqlang. Shunda xar safar nusxa olish uchun originalni qidirib yurmaysiz.
42.U necha martda va qanchali chiroyli sevgi izxor qilgani xisob emas. Bulardan ko`ra uni qilgan ishlari va sizga bo`lgan munosabati muximro. Sovuq shamolli xavoda siz uchun shaxarni boshqa chetidan atir gul yoki dori-darmon olib kelishdan yoddan sher o`qish onsonro.
43.Tutab ketgan elektruskanani tokdan o`cherish kerakligini xamma biladi. Keyin esa tutun butun uyga tarqamasligi uchun suv quyib ustiga qalinro material tashash kerak.
44.Ketchupni esa mis va shunga o`xshash materialdan qilingan idish tozalashda ishlatsa bo`ladi. Qolaversa ketchup unchali foydali xam emas.
45.Skovorodkada yog` tutab qolsa ustidan suv quyish beoyda. Yaxshisi ustiga qopqog`ini yoping.
46.Yangi tuflini kiyishdan oldin, muammoli joylarga gigienicheskiy pomade surting – oyoqlar archilishi yonini oladi (shuningdek keraksiz bo`lib qolgan pomadaga xam ish topilib qoladi).
47.Shim yoki kolgotki rangidagi poyavzal oyoqlarni uzunro qilib ko`rsatadi. Ayniqsa poshnali bo`lsa.
48.Fleshkada (MemeryCard, Chip) aloxida papka tuzib qo`ying: ichida fleshka egasi xaqida ma`lumot qoldiring. Endi yo`qotib qo`ysangiz, fleshkani topip olgan odam sizni uzoq izlamaydi (yoki fleshka ichidagi narsalarni ko`rib sizni shantaj qilishi mumkin))))))
49.Ustingizda kiyin yonib ketsa also yugurishni o`ylamang. Ustingizdagi yong`inni yerda dumalash bilan o`chirsa bo`ladi. Agarda birontasining kiyimi yonib qolsa, bechoraginani ustiga palto yoki qalinro bir buyum tashlang, lekin boshi ochiq qolsin.
50.Agar sevgilingiz orangizdagi yarim yilgi aloqaga qaramay, xech narsani o`zgartirgisi kelmasa, bilingki bu xolat oxirsiz davom etishi mumkin.
51.Dush qabul qilganda shampunni darxol yuvushga shoshilmang: 2-3 daqiqa ushlab turing. Shampun komponentlari sochlaringiz yaxshiro tasir qiladi.
52.Ertalabda sal sovuqro dush qabul qilishni odat qilib oling: o`zingiz xam uyg`onasiz, sog`ligingizni xam chiniqtiras, va yana qo`shnilarga xam ishga kech qolmaslikda yordam qilasiz.
53.Ekspress-manikyur sifatida panjalaringizni limon bo`lagiga soling: limon sharbati etni oqartiradi va mayinlashtiradi.
54.Birontasini maqtov bilan xursand qilmoqchimisiz? Unda albatta u insonni ismini aytib murojaat qiling. Maqtaganda xam insonni ishlarini, yutuqlarini maqtang, tabiatdan olgan sifatlarini emas: mexribonlik, rostgo`ylik, xazilkashlik.
55.Sovugan kartoshka qaynoq kartoshkadan ko`ra qomat uchun xafsizroq. Shuning uchun kartoshkali salatlarni qomatingiz xaqida qayg`urmasdan iste`mol qilishingiz mumkin.
56.Sifatli va mazzali shokolad tarkibida albatta kakao-maslo bo`lishi lozim. Agar yo`q bo`lsa – shokolad past sifatli.
57.Qurib qolgan tushni qayta “tiriltirish” mumkin: tushni qaynoq suvga solib qo`ying.
58.Eng yaxshi dalda – bu maqtov. “Men bu gamburgerni yemiman, chunki semirib ketishni xoxlamiman” – bu yomon. “Men bu gamburgerni yemiman, chunki men aqlliman, qomatim xaqida o`yleman” – bu yaxshi.
59.Suxbatdoshingiz yolg`on gapirayotganga o`xshaydimi? Yolg`onchi odatda ko`p keraksiz xarakatlar qiladi, keraksiz detallarni tasvirlaydi, yotalib qo`yadi, gapirish tezligini o`zghartiradi, siz aytgan savollarni, gaplarni qaytaradi (“Nimaga kech qoldim? Nimaga kech qoldim… Ertalab xar doimgide 7da turdim. Budilnik jiringladi, oq, televizor ustida turadi doim. Shu jiringladi…). Qolaversa yolg`onchi burnini qashlab qo`yadi va og`zini qo`li bilan berkitishga xarakat qiladi (agar bu maqolani o`qib ulgurmagan bo`lsa).
60.Agar xech narsa qilgiz kelmasa, lekin kerak bo`lsa, 10 daqiqa davomida xona o`rtasida turing: ishlash xoxishi tezdagina qaytib keladi.
61.Kompyuterda ishlab o`tirgan payt, ko`pro atrofdagi narsalarga chalgi`shga va ko`pro ko`zingizni ochib yumushga xarakat qiling. Monitorga qaragan paytimiz, ko`zlarimizni kam ochib yumamiz, bu esa ko`zga zarar qilishi mumkin.
62.Agar agentda, odnoklassnikida gaplashib o`tirgan odamingiz o`rnida boshqa insonligida shubxa qilsangiz, unga shunday savol beringki, bu savolga javobni o`sha insondan boshqa xech kim bilmasin. Yana gaplashib o`tirgan odamingiz erkak yoki ayol ekanligini aniqlab olsa xam bo`ladi: erkak kishi “aniqrog`I”, “yani”, “menimcha”, “shekilli”, “… o`xshaydi” so`zlarini ko`p ishlatadi, ayol kishi esa ko`p ????? !!!! )))) belgilarni ishlatishni yaxshi ko`radi.
63.Qilinadigan ishlar rejasini eng yoqimsiz va qilishni xoxlamagan ishingizdan tuzishni boshlang.
64.Telefonda 5 daqiqa xonada uyodan-buyoqqa yurib gaplashsangiz – 20 kaloriy yo`qotishingiz mumkin. Kuni bo`yi telefonni umuman qo`lidan tushirmasdan gaplashadiganlar esa 1 bo`lak to`rtda jam bo`lgan kaloriy yo`qotishi mumkin.
65.Dorilarni ko`pini oddiygina suv bilan ichgan maqul, aspirinni – minerlka bilan, yodli dorilar va vitaminlarni esa – sut bilan. Sharbat, choy, kofe/kakao esa umuman to`gri kelmaydi.
66.Piyozni muzday suvda yuvilgan pichoq va oldingizga yoqilgan sham qo`yib tovrasangiz kamro ko`z yosh to`kasiz.
67.Tozalash vositalarini tanlaganda gellarga ko`pro axamiyat bering. Poroshok, kukunlardagi mayda bo`lakchalar o`pkaga nafas yo`llari bo`yicha kirishi mumkin.
68.Dushdan so`ng qo`ltig`ingizni fen bilan quriting, keyingina esa antipesperant surting: yaxshiro yordam beradi.
69.Agar lablar burchagida yolligan bo`lsa, demak organizmga vitamin yetishmaydi. A, B va C vitaminlaridan iste`mol qiling.
70.Dazmollash, gurunch tozalash, chang artishga o`xshash kundalik uy ishlari stress xollarida va asablarni bosishda judayam yordam beradi.
71.Kiyimni taxlash o`rniga o`rab qo`ysangiz kamro g`ijim bo`ladi.
72.Mobil telefoningizni uzunligi va kengligini o`lchab oling (yoki bosh barmoq va ko`rsatkich barmoq o`rtasidagi masofani) va shu sonlarni eslab qoling. Universal jazvar doim oldingizda bo`ladi.
73.Dietaga o`tirishga, ingliz tilini o`rganishga, ertalabda yugurushga qaror qildingizmi??? Bu xaqida iloji boricha ko`pro odamga aytib bering. Endi xech qanaqasiga qaroringizni o`zgartirish fikri kelmaydi xayolingizga.
74.Sovuq xavoda betingiz muzlaydimi? Saqich chaynang: xarakatdan qon yurish jarayoni ishga tushadi.
75.Agar bir nimani tezda eslab qolish kerak bo`lsa SMS qilib yozib oling va “Chernoviki”da saqlab qo`ying.
76.Agar sevimli aktrisangizni familiyasini, boshlig`izngizni yoshini, yoki magazine adresini eslolmayatgan bo`lsangiz, xoxlagan noto`g`ri variant ovoz chiqarib ayting. Inson ongi bunday xolatda noto`g`ri variantga qarshilik bildirib to`g`ri javobni aytishi mumkin.
77.Suratga tushganda ko`zingiz yana yumulib qolishini xoxlamasangiz, xamma “1, 2, 3”ga ko`zini tengdaniga ochishini so`rashingiz mumkin.
78.Tatilga jo`nashdan oldin o`zingiz bilan olgan bagaj va narsalaringizni suratga olib oling. Biron bir sumka yo`qolib qolsa, sizning izoxlaringizdan ko`ra surat tushinarliro va foydaliro bo`ladi.
79.Kompyuterda ko`p o`tirganinizdan bo`yniz og`rib qoldimi? Unda og`zingizda tishlangan qalam yordamida xavoda alfavit, ismingizni, yoki biron bir so`zni yozishga xarakat qiling. Bo`yningiz xam dam oladi, xam atrofingizdagi odamlarga yaxshi kayfiyat ulashasiz.
80.Sim-karta yoki brilliant toshli zirakni polga tushirib yo`qotdingizmi? Topishda changyutkich yordam beradi. Yo`qolgan narsalarni ichqariga yutvormasligi uchun esa, changyutkich uchiga kapron yoki marlya kiydirib oling.
81.Yozilgan tekstda xatolarni tekshirish uchun, uni pastdan tepaga o`qing: butun tekstdan aloxida so`zlarga etibor jalb qilinadi, shunda xatolarni toppish onson bo`ladi.
82.Pochta, sayt va profillar uchun 1ta yoki 2ta parol ishlating. Shunda ularni unutish xafi kamro bo`ladi.
83.Muxum ishlar xaqidagi “eslatmalarni” eng ko`p ko`zga tashlanadigan joylarga iling: muzlatkich, oyna, monitor, televizor.


 
Bosh Forum » Umumiy Bo'limlar » Qizlar davrasida » Cosmopolitan maslaxat qiladi (83 maslaxat)
Страница 1 из 11
Поиск:

Copyright MyCorp © 2017