Payshanba, 19.10.2017, 21:10
UzKinoZal ГлавнаяРегистрацияВход
Приветствую Вас MEHMON | RSS
[ Новые сообщения · Участники · Правила форума · Поиск · RSS ]
Страница 1 из 11
Bosh Forum » Umumiy Bo'limlar » Qizlar davrasida » Qomatingizni saqlab qolishni istaysizmi? (Kichkinagina masalaxatlar)
Qomatingizni saqlab qolishni istaysizmi?
UzKinoДата: Seshanba, 28.06.2011, 11:03 | Сообщение # 1
Генералиссимус
Gruhi: Moderator
Hatlar soni: 1969
Награды: 7
Hulqi: 26
Hozir: Saytda emas


O’z ko’rinishingizdan mamnunmisiz? Yoki samirib ketmaslik uchun qayg’urasizmi? O’z ko’rinishingizni saqlash yoki yoz kunlarida sal bo’lsada ozg’inroq bo’lishni xohlaysizmi? Quyidagi 7ta oddiygina, lekin judayam foydali masalaxatlar sizni tanangizdagi keraksiz yog’larni ketkizish uchun yordam bera oladi. Maslaxatlar judayam onson va ularni o’z qo’lingiz bilan tayorlay olasiz.

1.Qanchalik shininlik yoki shokoladni yaxshi ko’rmang, ularni yemaslikga va o’zingizdan yiroq tutishga harakat qiling.

2.Shirinlikni o’rniga sabzovotlardan foydalaning: karam, sabzi, bodring va sholg’om - deyarli barcha sabzovotlarni yeyishni kanda qilmang.

3.Yog’li bo’lgan ovqatlarni yanada yog’siz qilib yeyishni va tayorlashni o’rganing. Yog’li bo’lgan yani (qo’y go’shtini ko’p yeyish ham tafsiya etilmaydi) salatlarga yog’ mahsulotlarni kamroq soling. Yoki bo’lmasa salatga yog’ o’rniga boshqa mahsulotlardan foydalaning.

4.Ko’p suv istemol qiling. Ovqat yeyishdan oldin ham 2 stakan suv ichib oling. Ovqat hazm bo’lishida yordam beradi, va odam organizimida yog’ ko’payib semirishni oldini oladi. Shunday ekan kuningiz mobaynida odaiy suvdan ichib turing.

5.Iloji bo’lsa ichayotkan suvingizga yoki sharbatingizga muz qo’shib iching.

6.Kechki ovqat yoki obetga go’shtli va yog’li ovqatlarni istemol qilmay qaynatilgan sabzovotlardan yeng. Mevalar odam organizimi uchun juda foydali. Iloji bo’lsa meva yeyishni kanda qilmang, kuniga 2tadan ko’p har xil mevalardan yeng.

7.Har bir yeyotgan ovqatingizga etibor bering. Tog’ri ovqatlanishga harakat qiling. Yeyotgan ovqatingiz foydalimi yoki faqatgina ortiqcha vazn bera oladimi sizga? Shular to’g’risida uylab ko’ring.


 
DIYORДата: Shanba, 02.07.2011, 08:04 | Сообщение # 2
Генерал-полковник
Gruhi: ADMIN
Hatlar soni: 843
Награды: 23
Hulqi: 102
Hozir: Saytda emas
Yigitlar qomatlarini qandey saqlasin uniham yozing

 
UzKinoДата: Shanba, 01.10.2011, 12:10 | Сообщение # 3
Генералиссимус
Gruhi: Moderator
Hatlar soni: 1969
Награды: 7
Hulqi: 26
Hozir: Saytda emas
Tekis va chiroyli qorin har bir ayolning orzusi bo`lsa ajab emas. Ozg`in ayollar ham doimo chiroyli ko`rinavermaydi. Bu qorin mushaklari va yog` qavati holati bilan bog`liq. Har bir kishining go`zalligi o`z qo`lidadir.
Buning uchun mashg`ulotlar vaqti, ko`rinishini to`g`ri tanlash va ularda ko`rsatilgan talablarga rioya etish kifoya qiladi.
Ideal ko`rinishga ega bo`lishni hohlagan ko`pchilik ayollar uchun kuch talab etadigan mashg`ulotlarni bajarish tanlov vositasi emas, balki shartdir. Doimiy, kuchli bajarilgan mashg`ulotlar natijasida yog` qavati kamayib, mushak ko`payadi. Bu holat albatta bir yoki ikki haftada bo`lmaydi. Buning uchun kamida uch oy shunday mashq qilish lozim. Mashg`ulotlar mushaklarda modda almashinuvini kuchaytiradi. Bu esa mushak massasi ortishiga sabab bo`ladi. Lekin, siz hatto aerobika bilan shug`ullansangiz ham yog`lardan qutula olmaysiz. Ammo, mashg`ulotlar natijasida ularni ancha kamaytirish mumkin. Yaxshi samaraga erishish uchun kunora sport zaliga tashrif buyurish lozim. Shuningdek mashg`ulotlar intensivligi ham katta ahamiyat kasb etadi. Agar mashg`ulot sizda noqulaylik va og`riq tug`dirsa, ulardan voz kechish lozim. Ko`p mashg`ulot polda yotib bajarilihsini nazarda tutgan holda zalga kelishingiz lozim.
Hech qachon qorin qiyshiq muskullari bilan mashg`ulot qilmang. Ular sizning belingizni katta qilib ko`rsatadi.
Pressga ishlash chog`ida doimiy kuchlanishni saqlang. Mashg`ulot bajarish texnikasini yaxshilab o`rgnib chiqing. Bu mashg`ulot samaradorligini ta`minlaydi. Shuningdek intensivlik bilan mashg`ulot olib boring. Agar uzoq tanaffusdan keyin yoki birinchi marta mashg`ulotga qatnayotgan bo`lsangiz, mashqlarni bosqichma-bosqich oshirib boring.
Yodda tuting: mashg`ulotdan keyin albatta dush qabul qiling. Bunda issiq va sovuq suvni navbatma-navbat ochib turing. Bu qon tomirlarni chiniqtiradi. Press sohasiga esa aylana oqimli dush bering. Kontrast dush so`ngida sovuq suvga yuvining. Bularning barchasi qon oqimini yaxshilab, metabolizmni kuchaytiradi.
Metro, magazin, bekatda turganingizda ham vaqtni bekorga sarflamang. Bu yerda ko`rinmas mashg`ulot bajarish mumkin. Shugningdek mashg`ulotdan tashqari qorinni sovuq namlangan mato bilan artib turish ham katta ahamiyatga ega. Artish yo`nalishi o`ng yonboshdan chapga bo`lishi lozim. Keyin esa teskarisini qaytarasiz. So`ng aylana harakat bilan artasiz.
Bular bilan birgalikda antisellyulit krem qo`llash juda yuqori natija beradi. Ozish uchun olingan uqalash yog`larni kamaytirishi lozim. Yaxshisi massajni gimnastikaga qadar olgan ma`qul. Massajda yumshagan mushaklar gimnastika chog`ida yaxshi faoliyat olib boradi.
Agar siz qorin mushaklarini kvadrat ko`rinishida chiqib turishini istasangiz ularga ertalab, ovqatlanishdan oldin mashg`ulot bering. Bunda organizm o`z yog`laridan energiya sifatida ishlashga majbur bo`ladi. Bu press qilinayotgan mushaklarga ham foydalidir. Biroq, mashqlarni kuchli darajada bajarmang. Chunki, bu qorin old devori churrasiga sabab bo`lishi mumkin. Yana bir muhim narsa - kichik mashqlarni qayta-qayta takrorlash uning samaradorligini ta`minlamaydi. Har bir mashqni 16-20 marta bajarib, qiyinrog`iga o`tish lozim.


 
UzKinoДата: Shanba, 01.10.2011, 12:12 | Сообщение # 4
Генералиссимус
Gruhi: Moderator
Hatlar soni: 1969
Награды: 7
Hulqi: 26
Hozir: Saytda emas
DIYOR, qizlarga tegishli bo`lgan maslaxatlardan foydalansa bo`ladi yigitlar...Lekin ko`pincha yigitlar sport bilan shug`ullanganlari uchun ularda qomatiga mansub muammolar bo`lamyadi
Agar yigit dangasa bo`lamasa, u albatta o`z qomatiga ishlov beradi...Dietalar esa dangasa qizlarga uchun o`ylab topilga deb o`yliman))


 
DIYORДата: Shanba, 01.10.2011, 16:55 | Сообщение # 5
Генерал-полковник
Gruhi: ADMIN
Hatlar soni: 843
Награды: 23
Hulqi: 102
Hozir: Saytda emas
Sport deng. Sportni qaysi turini maslahat bergan bulardiz?

 
UzKinoДата: Yakshanva, 02.10.2011, 17:20 | Сообщение # 6
Генералиссимус
Gruhi: Moderator
Hatlar soni: 1969
Награды: 7
Hulqi: 26
Hozir: Saytda emas
masalan oddiygina yugurish, buni qizlarga xam tavsiya qilgan bo`lardim, dietalardan xam effektivniyroq, xam yana soglikga kottta foydasi tegadi
yugurishni ertalabgisi foydaliro, lekin vaqt bo`lmasa kechki yugurushga xam chiqib tursa bo`ladi...yugurishni xam o`ziga yarasha qoidalari bor, lekin man o`ylimanki, shunchaki yugurib tursangiz xam natija ko`rinadi
yana yigitlar uchun ko`pro to`gri keladigani, bu sportzalga borib tursa bo`ladi, xar kuni emas, lekin ,asalan 1 xaftada 2/3 martda, xar xil trenajyorlarda badanga ishlov bersa bo`ladi...bu uchun esa aksincha ovqatni ko`pro yeyish kere


 
DIYORДата: Shanba, 12.11.2011, 07:59 | Сообщение # 7
Генерал-полковник
Gruhi: ADMIN
Hatlar soni: 843
Награды: 23
Hulqi: 102
Hozir: Saytda emas
Katta rahmat sizdey maslahatchimiz borligidan hursandmiza

 
AnoshДата: Chorshanba, 07.12.2011, 00:25 | Сообщение # 8
Генерал-лейтенант
Gruhi: Moderator
Hatlar soni: 521
Награды: 11
Hulqi: 18
Hozir: Saytda emas
Maslahatlariz uchun rahmat qizlar uchun ham sport yaxshiroq bulsa kerak sog'liqga ham foydali

Dunyo Uchun Siz Kimdursiz.
Kimdur Uchun Butun Dunyo Sizsiz !!!
 
ShirinaДата: Payshanba, 08.12.2011, 02:12 | Сообщение # 9
Подполковник
Gruhi: Jurnalist
Hatlar soni: 128
Награды: 0
Hulqi: 0
Hozir: Saytda emas
Maslahat uchun raxmat Uzkino
 
Bosh Forum » Umumiy Bo'limlar » Qizlar davrasida » Qomatingizni saqlab qolishni istaysizmi? (Kichkinagina masalaxatlar)
Страница 1 из 11
Поиск:

Copyright MyCorp © 2017