Yakshanva, 24.09.2017, 02:31
UzKinoZal ГлавнаяРегистрацияВход
Приветствую Вас MEHMON | RSS
Меню сайта
Мини-чат
300
Наш опрос
QAYSI BO'LIM MA'QUL SIZGA
Всего ответов: 5025
Статистика

Portalda jami: 1
Mehmonlar: 1
Ro'yhatdan o'tganlar: 0
 MP3 
Главная » Каталог сайтов (5)

Автомобили [3]Бизнес и финансы [0]
Домашний очаг [0]Интернет [1]
Компьютеры [0]Культура и искусство [0]
Медицина и здоровье [0]Наука и образование [0]
Непознанное [0]Новости и СМИ [0]
Общество и политика [0]Отдых и развлечения [0]
Производство [0]Работа и заработок [0]
Спорт [0]Справки [0]
Товары и услуги [0]Юмор [1]


Автомобили | Переходов: 0 | Добавил: re | Дата: 08.09.2012





Интернет | Переходов: 0 | Добавил: Sahobalar hayoti | Дата: 20.02.2011

Shunday insonlar borki, ismi sharifining o'zi ko'ngilda iliq tuyg'ular uyg'otadi. Bugun yetmish yoshlik to'yini nishonlayotgan Murtazo Sultonov ana shunday insonlar sirasidan. Bu insonni turli pog'onadagi rahbarlardan tortib, olimlaru jurnalistlar, quruvchilaru muallimlargacha ko'pchilik yaxshi biladi.

FAZILATLI ODAM

Asli kasbi quruvchi-muhandis bo'lgan Murtazo Sultonov turli yillar davomida qurilish tashkilotlarida mas'ul vazifalarda xizmat qildi. Mehnat faoliyatining ko'p qismini ta'lim sohasiga bag'ishladi. Bir qancha yillar Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirining, istiqlol yillarida sakkiz yilcha vaqt davomida Xalq ta'limi vazirining qurilish, moliya va iqtisod masalalari bo'yicha o'rinbosari bo'lib ishladi. Hozirgi kunda ham el-yurt xizmatida. Xizmatlari ko'p bora taqdirlangan. Iqtisod fanlari nomzodi. O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan quruvchi. Bular hali hammasi emas.

Men u kishini "Ma'rifat" gazetasida bosh muharrir bo'lib ishlagan kezlarimdan yaxshi bilaman. Bu qiziq bo'lgan. U kishi Xalq ta'limi vazirining iqtisodiy masalalar bo'yicha muovini bo'lgani bois gazetaga taalluqli xuddi shu masalalarni ham hal etardi. Bir kuni bir qator tahririyat rahbarlarini yig'ilishga chaqirdi. Xizmat taqozosiga ko'ra birdan chaqirib qolinganim uchun men avval vazir huzuriga kirdim. Tabiiyki, Murtazo Sultonov qabuliga kirib borganimda yig'ilish boshlangan, besh-o'n daqiqa kechikkan edim.

Kirib salom berganim zahoti, uzrimni eshitish u yoqda tursin, dabdurustdan "Men soqqa o'ynab o'tiribmanmi? Yig'ilishga vaqtida keladida, ...!" dedi chapanichasiga ingichkaroq, ammo baland, zardali ovozda. O'sha paytlarda men hech kimdan bunday gap eshitmaganim uchun o'zimni tiyib turolmadim. "Bunday dag'al muomalali odam o'tkazadigan yig'ilishda qatnashmayman" dedimu, qayrilib chiqib ketdim.

Kechikkanim rost. U kishi tanbeh berishga haqli. Uzr so'rab indamay qo'yaverishim kerakmidi. Nega endi? Atay, o'z ixtiyorim bilan kechikmadim.Tag'in boshqa talay hamkasblar oldida bunaqa gapni eshitish… Xullas, yig'ilish tugagandan so'ng orani ochiq qilib olmoqchi bo'ldim. Men kirganda yolg'iz o'zi allaqanday qog'ozga tikilib o'tirgan ekan. Endi men, u kishi hali bosh ko'tarib og'iz ochgunicha " Kechirasizu, menga bunday muomala qilmang,- dedim xiyla titroq, ammo dadil ovozda. - O'zingizga tegishli iborani menga nisbatan boshqa ishlatmang!". U o'tirgan joyida hayron bo'lganday ko'zlarini keng ochib, bir zum tikilib turdi-da, shartta o'rnidan turdi, bor ovozda ho-holab kulib yubordi. "O'zimizdan ekansiz-ku!" dedi quchog'ini ochib quchoqlashdik. "Men dangal odamlarni yaxshi ko'raman,- dedi u. - Kek saqlamayman, qani, o'tiring. Lekin qulog'ingizga quyib oling. Xizmat ishlari bilan bog'liq yig'ilishlarga vaqtida boring. Bu o'zingizning obro'yingiz. Shaxsiy masala bo'lsa boshqa gap. Men aytgan so'zni esa ko'nglingizdan chiqarib tashlang. Siz orqali boshqalarga ham dag'dag'a qildim-da."

Bu gaplar g'aroyib edi. G'aroyibligidan tashqari samimiy edi. Buning ustiga to'g'ri va xolis edi. Men shundan keyin xizmat vazifasi bilan bog'liq yig'ilishlarga kechikkanimni bilmayman. Va bundan zarracha ziyon ko'rganim yo'q.

Xullas, bildimki, Murtazo Sultonov ko'ngli ochiq, samimiy inson ekan. Birga ishlagan kezlarimiz tahririyat iqtisodi bilan bog'liq ko'p masalalarda yordam berdi. Tahririyatni moliyaviy ahvolini yaxshilash yuzasidan foydali takliflar aytdi.

Yana bir bilganim, Murtazo aka, xalqona ibora bilan aytganda, "yaxshi gapning gadosi". Xususan, tahririyatga bog'liq moliyaviy masalalar tezroq hal bo'lishi uchun men shoirligimdan foydalanib, u kishi sha'niga sakkiz qator she'r bag'ishlardimu ishimni bitkazib ketaverardim. Boshqalar buning sirini ko'pda bilishavermas, ehtimol yig'ilishni tashlab chiqib ketgandagi "dadilligim" bilan izohlab yurishgan bo'lishsa ham ajab emas.

Xullas, bugun yetmish yoshini to'ylab turgan Murtazo Sultonov hayotning pastu balandini ko'rgan, sho'ro zamoniga xos inson taqdiriga nopisandlik, adolatsizlik jabrini ham boshidan o'tkazgan, yangi rahbariyat va istiqlol zamoni tufayli haq-huquqi tiklangan insonlardan. Bugun ham el-yurt xizmatida. "Intermobilgaz" kompaniyasi direktorlar kengashi raisi.

- Har kim boshidan o'tganini o'zi biladi. Dilimdagini aytadigan bo'lsam, ko'pchilik yoshi ulug' kishilar qatori shunday zamonda yashayotganim, qo'limdan kelganicha xizmat qilayotganimdan xursandman. Odamlar orasida ko'p bo'laman. To'ylarda, ma'rakalarda. Odamlarda o'zlariga ishonch mustahkam ekanini his etaman. Ko'pchiligining o'z mulki, o'z korxonasi bor. Ishonch shundan. Bir zamonlardagidek xavotir, hadik yo'q. Bu hammasi istiqlol sharofati.

Mana, ikki-uch kundan beri hamma bir-birini tabriklagan g'alaba bilan, deydi. Ruslan Chagaevning boks bo'yicha jahon chempioni bo'lgani hammaning tilida, dilida. Bundan men ham xursand bo'laman. Demak, Vatan sha'ni, O'zbekiston sha'n-shavkati birlashtirayapti odamlarimizni. Demak, astoydil kirishsak, lafzimizda mustahkam bo'lsak, bir-birimizni qo'llab-quvvatlasak, ko'p narsalarga qodirmiz.

Gapning sirasi, katta xursandchiliklarda kichik quvonchni ko'ra olish, unga o'zingni daxldor deya his eta bilish - bu yaxshi fazilat. Murtazo Sultonovni men fazilatli odam, degim keladi.

Sa'dulla HAKIM

Юмор | Переходов: 0 | Добавил: FAZILATLI ODAM | Дата: 29.12.2010


Автомобили | Переходов: 0 | Добавил: aaaa | Дата: 20.09.2010



Автомобили | Переходов: 0 | Добавил: ncxzncn | Дата: 11.09.2010

Вход на сайт
Поиск
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • Инструкции для uCoz
  • Copyright MyCorp © 2017